Iqtisodchi mutaxassislarga talab ortib borayotganligini hisobga olib, 1931-yil 13-avgustda sobiq Ittifoq xalq komissarlari Kengashi qaroriga asosan Turkiston davlat universitetining iqtisodiyot va jamiyatshunoslik fakultetlari bazasida Orta Osiyo moliya-iqtisodiyot instituti tashkil etildi. Natijada O'rta Osiyo respublikalarining moliya-kredit tizimlari uchun xodimlar tayyorlab beruvchi Toshkent Moliya-iqtisodiyot instituti vujudga keldi. Bu O'zbekistonda iqtisodchi xodimlar tayyorlashning birinchi davri edi. 1931-yilning 1-sentabrida institutda birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, mashg'ulotlar boshlandi.
Markaziy Osiyo hududida iqtisodchi kadrlarni maxsus tayyorlash XX asr boshlarida - uchta tijorat bilim yurti savdo-sanoat firmalari va banklar uchun mutaxassislar tayyorlab bergan. Rasman oliy maqomli iqtisodchilarni tayyorlash 1918-yil 12-may Turkiston davlat universitetining tashkil etilishidan boshlangan. Bu universitetning tarkibidagi jamiyatshunoslik va iqtisodiyot fakulteti Markaziy Osiyo va Qozoglston respublikalari uchun oliy ma’lumotli iqtisodchilarni muntazam ravishda tayyorlay boshlagan. 1931-yil 15-fevralda hukumat qaroriga asosan Toshkentda iqtisodchi xodimlar tayyorlovchi rejaviy institut tashkil etilgan. Davr o'tib, bu oliy o'quv yurti avvaliga xalq xo'jaligi instituti, keyinroq tijorat-kooperativ instituti deb nomlandi.
1931-1941 yillargacha bolgan davrda institut o'zining o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarini
takomillashtirib, tinimsiz mukammallashtirib bordi. 1939-yilda institut qoshida dastlabki aspirantura
tashkil etilib, unda besh kishi o‘qiy boshladi. 1932-yilda institutga 47 ta talaba qabul qilingan bolsa, 1940-yilda
esa bu ko'rsatkich 240, 1942-yilda 205, 1943-yilda 296 nafarga yetdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan
frontga safarbar qilinganligi sababli bitiruvchilar soni 1942-yilda 137 ta, 1943-yilda 27 ta, 1944-yilda 68 ta,
1945-yilda esa 42 kishini tashkil etdi.
Batafsil...
“Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarixi” muzeyi 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yetti bo‘limdan iborat. Muzeyda universitet tashkil etilganidan buyon to hozirgi kungacha bosib o‘tgan shonli yo‘li, turli yillarda rektor vazifasida ishlaganlar va ular haqidagi ma'lumotlar, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, bitiruvchilarning vinetkalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, faxriy yorliqlar, turli mukofotlar, ilmiy ish larva dissertatsiyalar, xorijiy oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan sovg‘alar asosida yoritilgan. Muzey zallari va bu yerda jamlangan eksponatlar bilan tanishgan har bir tashrif buyuruvchi universitetning tarixi haqida mukammal ma'lumotga ega bo‘ladi.